Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 28-iyul · Amal qiladi: CleanERP mobil ilovasi (iOS va Android)
CleanERP — kimyoviy tozalash va gilam yuvish korxonalari uchun ichki boshqaruv (ERP) tizimi. Ilova korxona xodimlaritomonidan ish jarayonini yuritish uchun ishlatiladi. Ushbu siyosat ilova qanday ma'lumot yig'ishi va undan qanday foydalanishini tushuntiradi.
1. Biz yig'adigan ma'lumotlar
Xodim (ilovaga kiruvchi) ma'lumotlari
- Login (foydalanuvchi nomi) va telefon raqami — tizimga kirish uchun;
- Roli va ish faoliyati (bajarilgan buyurtmalar, ishbay haq) — ish hisoboti uchun.
Mijoz ma'lumotlari (xodim tomonidan kiritiladi)
- Ism, telefon raqam(lar)i va yetkazib berish manzili — buyurtmani yuritish va mijoz bilan bog'lanish uchun.
Mijoz ma'lumotlarini korxona xodimibuyurtmani rasmiylashtirish uchun kiritadi. Ilova mijozning shaxsiy qurilmasidan avtomatik ma'lumot yig'maydi.
Qurilma va bildirishnoma
- Push-bildirishnoma tokeni (Firebase Cloud Messaging) — xodimga yangi buyurtma yoki topshiriq haqida xabar yuborish uchun.
2. Biz YIG'MAYDIGAN ma'lumotlar
- Joylashuv (GPS): ilova qurilmangizning joylashuvini kuzatmaydi. Manzil tanlashda ochiq xarita (OpenStreetMap) ishlatiladi, GPS emas.
- Analitika yoki reklama identifikatorlari yig'ilmaydi;
- Kamera, kontaktlar, mikrofon yoki foto-galereyaga kirilmaydi.
3. Ma'lumotlardan foydalanish
Yig'ilgan ma'lumotlar faqat quyidagilar uchun ishlatiladi: buyurtmalarni yuritish, xodimlar ish faoliyatini hisoblash, xabar (push) yuborish va tizimning ishlashini ta'minlash. Ma'lumotlar uchinchi tomonlarga sotilmaydi va reklama maqsadida ishlatilmaydi.
4. Ma'lumot saqlanishi va xavfsizlik
Ma'lumotlar CleanERP serverida (cleanerp.uz) shifrlangan HTTPS ulanish orqali saqlanadi. Har bir korxona ma'lumoti alohida ajratilgan (multi-tenant) va boshqa korxonalarga ko'rinmaydi.
5. Ma'lumotni o'chirish
Xodim yoki mijoz ma'lumotini o'chirish uchun korxona administratori bilan yoki support@cleanerp.uzorqali biz bilan bog'laning. So'rov 30 kun ichida bajariladi.
6. Bolalar
CleanERP — biznes (ish) ilovasi va 18 yoshdan kichiklar uchun mo'ljallanmagan.
7. O'zgarishlar
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar ilova orqali yoki shu sahifada e'lon qilinadi.
8. Bog'lanish
Savollar bo'yicha: support@cleanerp.uz
Privacy Policy (English)
CleanERP is an internal management (ERP) system for dry-cleaning and carpet-washing businesses. The app is used by company employees to run day-to-day operations.
Information we collect
- Employee data: username and phone number (for authentication); role and work activity (completed orders, piece-rate earnings) for reporting.
- Customer data, entered by an employee:name, phone number(s) and delivery address — to process orders and contact the customer. The app does not collect anything automatically from a customer's personal device.
- Device: a push notification token (Firebase Cloud Messaging) so employees can be alerted about new orders.
What we do NOT collect
- Location (GPS): the app does not track your device location. Address selection uses an open map (OpenStreetMap), not GPS.
- No analytics or advertising identifiers.
- No access to camera, contacts, microphone or photo library.
How data is used
Data is used solely to process orders, calculate employee work and payroll, deliver push notifications, and operate the service. Data is never sold to third parties and is never used for advertising.
Storage and security
Data is stored on CleanERP servers (cleanerp.uz) over encrypted HTTPS connections. Each company's data is isolated (multi-tenant) and is not visible to other companies.
Deletion, children, changes
To delete employee or customer data, contact your company administrator or email support@cleanerp.uz; requests are processed within 30 days. CleanERP is a business application and is not intended for anyone under 18. This policy may be updated from time to time; material changes will be announced here or in the app.
Biz bilan bog'lanish
Ish kunlari 09:00–18:00 (Toshkent vaqti). Murojaatlar odatda 24 soat ichida ko'rib chiqiladi.