Qo'llab-quvvatlash
CleanERP mobil ilovasi (iOS va Android) bo'yicha yordam
CleanERP — kir yuvish, gilam yuvish va kimyoviy tozalash korxonalari uchun ish ilovasi. Quyida eng ko'p beriladigan savollar keltirilgan. Javob topolmasangiz, sahifa oxiridagi manzillar orqali murojaat qiling.
Tez-tez so'raladigan savollar
Ilovaga qanday kiraman?
CleanERP — korxonalar uchun ichki ilova. Login va parolni sizga korxonangiz administratori beradi. Ilova ichida ro'yxatdan o'tish yoki o'zingizga hisob yaratish imkoniyati yo'q.
Korxonamni ulashni xohlayman.
support@cleanerp.uzmanziliga yozing — korxona nomi va taxminiy xodimlar sonini ko'rsating. Biz siz bilan bog'lanamiz va 7 kunlik bepul sinov ochamiz.
Parolimni unutdim.
Korxonangiz administratoriga murojaat qiling — u yangi parol beradi. Administrator ham kira olmasa, biz bilan bog'laning.
"Login yoki parol noto'g'ri" deb chiqyapti.
Login katta-kichik harflarga sezgir. Klaviatura tilini va matn oxirida ortiqcha bo'sh joy qolmaganini tekshiring. Muammo davom etsa, administratoringizga ayting.
Ilova ochilmayapti yoki ma'lumot yuklanmayapti.
Ekran tepasida qizil "Internet yo'q" chizig'i turgan bo'lsa, ulanishni tekshiring. Ro'yxatni yangilash uchun ekranni barmoq bilan pastga torting.
Yozuvlar juda mayda ko'rinadi.
Telefon sozlamalaridan shrift o'lchamini kattalashtiring — ilova unga moslashadi. iPhone'da: Sozlamalar → Ekran va yorqinlik → Matn o'lchami. Android'da: Sozlamalar → Ekran → Shrift o'lchami.
Bildirishnoma kelmayapti.
Telefon sozlamalarida CleanERP uchun bildirishnomalar yoqilganini tekshiring, so'ng ilovadan chiqib, qayta kiring — qurilma qaytadan ro'yxatdan o'tadi.
Buyumni xato belgiladim, ortga qaytarish mumkinmi?
Bajarilgan ish bosqichi ortga qaytarilmaydi — bu ataylab shunday, chunki har bosqichga ishbay haq bog'langan. Xato bo'lsa korxonangiz administratoriga ayting, u tuzatadi.
Ma'lumotlarim qanday saqlanadi?
Maxfiylik siyosatisahifasini o'qing.
Hisobimni o'chirmoqchiman.
Hisoblarni korxona administratori boshqaradi. O'chirish so'rovini support@cleanerp.uz ga yuboring — 30 kun ichida bajariladi.
Support (English)
CleanERP is a business application for laundries, carpet-cleaning plants and dry cleaners. Accounts are created by your company administrator — there is no public sign-up inside the app.
- Cannot sign in? Ask your company administrator to reissue your login and password.
- Want to connect your company? Email support@cleanerp.uz with your company name and number of employees.
- No data loading? Check the red offline bar at the top of the screen, then pull the list down to refresh.
- Account deletion: send a request to support@cleanerp.uz; processed within 30 days.
See also our Privacy Policy and Terms of Service.
Biz bilan bog'lanish
Ish kunlari 09:00–18:00 (Toshkent vaqti). Murojaatlar odatda 24 soat ichida ko'rib chiqiladi.